1

Nodirbek Abdusattorov "Tata Steel Chess-2024" musobaqasida 3-o`rinni egalladi

Sport 29.01.2024, 17:06
Nodirbek Abdusattorov "Tata Steel Chess-2024" musobaqasida 3-o`rinni egalladi

Niderlandiyada bo`lib o`tgan "Tata Steel Chess-2024" musobaqasi o`z yakuniga etdi. Musobaqaning 13-tur o`yinlaridan keyin hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov germaniyalik Aleksandr Donchenkoni mag`lubiyatga uchratib, ochkolari sonini 8,5 taga etkazib olgandi.

Bir yo`la 4 nafar shaxmatchi 8,5 ochko to`plagani sababli g`olib tay-brekda aniqlanadigan bo`ldi. Qo`shimcha partiyalarda Nodirbek Abdusattorov, Anish Giri, Gukesh va Yi Vey ishtirok etdi.

Qur`aga ko`ra, Nodirbek xitoylik Yi Vey bilan to`qnash keldi va 0,5 : 1,5 hisoblarida imkoniyatni boy berib qo`ydi. Shu tariqa u uchinchi o`rin bilan kifoyalandi.

Yakunda final bahsida Gukeshni taslim etgan Yi Vey nufuzli musobaqa g`olibi bo`ldi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1