1

O`zbekistonlik sportchida doping aniqlangani sabab 4 yilga musobaqalardan chetlatildi

Sport 01.02.2024, 17:32
O`zbekistonlik sportchida doping aniqlangani sabab 4 yilga musobaqalardan chetlatildi

2023 yil avgust oyida Olmata shahrida o`tkazilgan Armrestling bo`yicha jahon chempionati vaqtida o`zbekistonlik Abror Rustamovdan olingan doping sinamasida sportda taqiqlangan Stanozolol metaboliti hamda degidroxlorometil-testosteron taqiqlangan moddalari aniqlangan.

Sportchining analizida taqiqlangan modda borligi bo`yicha sportchi ogohlantirilgan, lekin sportchi va uning vakillari tomonidan javob bo`lmaganligi sababli Jahon armrestling federasiyasi qaroriga ko`ra bunday harakatsizlik sportchining bu ijobiy doping natijasini qabul qilishi deb tushunilib, unga nisbatan 4 yil muddatga diskvalifikasiya jazo chorasi qo`llanildi. Bu vaqt davomida A.Rustamov belgilangan muddat davomida terma jamoa safida o`quv-mashg`ulot yig`inlari, har qanday turdagi sport musobaqalarida ishtirok etishi taqiqlanadi.

Ma`lumot uchun aytib o`tmoqchimiz, agar bunday holatlarda sportchilar ogohlantirilishiga  qaramay terma jamoa safida yig`inlarga jalb qilinsa yoki ichki chempionatlarda ishtirok etadigan bo`lsa diskvalifikasiya muddati uzaytirilishi hattoki umrbod sportdan chetlatish jazo chorasi qo`llanilishi mumkin.

Ta`kidlash lozim, Stanozolol metaboliti hamda degidroxlorometil-testosteron taqiqlangan ro`yxatning  S1 «anabolik agentlar» guruhiga kiradi. Bu guruhga kiruvchi dori vositalari doimiy yani musobaqa davrida va musobaqadan tashqari vaqtda ham taqiqlangan. Ushbu guruhga kiruvchi dori vositalari ko`pincha sportchilar tomonidan maqsadli ravishda foydalaniladi. Stanozolol metaboliti Butunjahon antidoping agentligi tomonidan 2014 yilda sportda taqiqlangan modda sifatida qayd etilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1