AsosiyJamiyat
4948

O`zgidromet bugungi ob-havo ma`lumotlarini e`lon qildi

'O`zgidromet bugungi ob-havo ma`lumotlarini e`lon qildi'ning rasmi

Bugun O`zbekiston bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida ba`zi joylarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Yo`llarda ba`zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba`zida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 3° sovuq-2° iliq, shimolda 3-8° sovuq bo`ladi. 

Poytaxtimizda yog`ingarchilik kutilmaydi. Yo`llarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 1° sovuq-1° iliq bo`ladi. 

Tog`li hududlarda vaqti-vaqti bilan yog`ingarchilik (yomg`ir, qor), ba`zi joylarda kuchli bo`ladi, tuman tushishi mumkin. Yo`llarda ba`zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Qor ko`chish xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 0-5° sovuq bo`ladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar