Afg`onistondagi “Tolibon” muvaqqat hukumatining milliy temiryo`l boshqarmasi boshlig`i mulla Baxt ul Rahmon Sharofat O`zbekistonga keldi. Bu haqda “Afg`oniston Ovozi” axborot agentligi xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, “Tolibon” delegasiyasi Transafg`on loyihasi yig`ilishida ishtirok etish va ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish maqsadida Toshkentga kelgan.
Bugun, 19 fevral kuni Toshkentda bo`lib o`tadigan uchrashuvda Pokiston, O`zbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari vakillari ham ishtirok etishi rejalashtirilgan.