AsosiyJamiyat
3653

"O`zbekiston” nashriyoti bog`boni o`zini osib qo`ydi

'"O`zbekiston” nashriyoti bog`boni o`zini osib qo`ydi'ning rasmi

“O`zbekiston” nashriyoti ijodiy uyi bog`boni erto`lada o`z joniga qasd qildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov Darakchi.uz`ga ma`lum qildi.

“O`zbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyi xo`jalik bo`limida bog`bon sifatida ishlovchi B.M. ishxonasining erto`lasidagi kiyinish xonasida o`zini osib, joniga qasd qilgan. Hodisa 2024 yilning 16 yanvar kuni sodir bo`lgan

B.M.ning o`limi yuzasidan berilgan dastlabki tibbiy ma`lumotga ko`ra, o`lim bo`yin a`zolari sirtmoq bilan siqilishidan kelib chiqqan mexanik asfiksiyadan kelib chiqqanligi, bo`yin sohasida strangulyasion egat mavjudligi aniqlangan.

Hozirda B.M.ning o`z joniga qasd qilgani sabablari va boshqa holatlarni aniqlash uchun maxsus bilim zarurligini inobatga olib, sudga oid psixiatriya ekspertizasi tayinlangan.

Holat yuzasidan Shayxontohur tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom etmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar