AsosiyJamiyat

Qozog`iston Prezidenti O`zbekiston tashqi ishlar vazirini qabul qildi

'Qozog`iston Prezidenti O`zbekiston tashqi ishlar vazirini qabul qildi'ning rasmi

Ostona shahrida tashrif bilan bo`lib turgan O`zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidovni bugun Qozog`iston Prezidenti Qosim-Jomart Toqaev qabul qildi.

"Ostona shahriga tashrifimiz davomida Qozog`iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart Toqaev Janobi Oliylari tomonidan qabul qilinganimiz biz uchun sharafdir, – deb yozdi O`zbekiston TIV rahbari o`zining telegram kanalida. – O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Janobi Oliylarining samimiy salomlarini etkazdik. Tashqi ishlar vazirliklari mamlakatlarimiz o`rtasida o`rnatilgan strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada kengaytirishga birinchilardan bo`lib xizmat qiladi".

    Boshqa yangiliklar