AsosiyJamiyat

Yiliga ikkitadan ortiq avtomobil sotganlar soliqqa tortilishi mumkin

'Yiliga ikkitadan ortiq avtomobil sotganlar soliqqa tortilishi mumkin'ning rasmi

O`zbekistonda yil davomida ikkitadan ortiq avtomobil sotgan jismoniy shaxslarni deklarasiyalash tizimini joriy etish rejalashtirilmoqda. Bu haqida Strategik islohotlar agentligining davlat rahbariga qilgan taqdimotida ma`lum qilingan, deya xabar bermoqda Gazeta.uz.

2022 yilda 33 mingga yaqin fuqaro 3 va undan ortiq avtomobil xarid qilgan. Deklarasiya tizimi chayqovchilikning oldini olishga va byudjetga qo`shimcha 30 milliard so`m tushirishga qaratilgan.

Shunga o`xshash tartib uy-joy oldi-sotdisida amal qilib keladi. Unga ko`ra, fuqaro xarid qilgan uyini 3 yil ichida sotsa, xarid qilgan va sotgan narxi o`rtasidagi musbat farqdan 12 foizlik daromad solig`i hisoblanadi.

Avvalroq UzAuto Motors olibsotarlarga qarshi kurashish maqsadida bir kishi yiliga bir xil rusumdagi ikkitadan ortiq avtomobil sotib olgan bo`lsa, xaridorga avtomobil etkazib berish muddatini 120 kungacha oshirgan edi. Bunday holda, har bir keyingi mashina navbatning oxiriga ko`chiriladi.

O`tgan yil oxirida hukumat qarori bilan yangi avtomobillarni sotish qoidalariga o`zgartirishlar ham kiritilgandi. Shu asosda, UzAuto Motors mijoz bilan 12 oy ichida ikkitadan ortiq oldi-sotdi shartnomasi tuzilgan bo`lsa, u bilan avtomobil etkazib berish bo`yicha yangi shartnoma tuzishdan bosh tortish huquqiga ega bo`ldi.

    Boshqa yangiliklar