“O`zgidromet” xabariga ko`ra, bugun O`zbekiston bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog`iston Respublikasida va Xorazm viloyatida ba`zi joylarda biroz qor yog`ishi mumkin. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Yo`llarda ba`zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 0-5° iliq bo`ladi.
Poytaxtda yog`ingarchilik kutilmaydi. Yo`llarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 1-3° iliq bo`ladi.
Tog`li hududlarda yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Yo`llarda ba`zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Qor ko`chish xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 4-9° sovuq bo`ladi.