AsosiyJamiyat

Alimentchi ayol Turkiya safari uchun eriga 43 mln. so`m to`lashiga to`g`ri keldi

'Alimentchi ayol Turkiya safari uchun eriga 43 mln. so`m to`lashiga to`g`ri keldi'ning rasmi

Alimentchi ayol Turkiya safari uchun eriga 43 mln. so`m to`lashiga to`g`ri keldi. Bu haqida MIB Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Fuqarolik ishlari bo`yicha Jizzax tumanlararo sudining qaroriga asosan qarzdor ona Z.X.dan undiruvchi eri T.X. foydasiga ikki nafar voyaga etmagan farzandining moddiy ta`minoti uchun har oylik ish haqi va daromadining 1/3 -qismi miqdorida aliment undirish belgilangan. Ijro hujjati Byuroning Sh.Rashidov tuman bo`limiga 09.04.2019 yilda kelib tushgan. Shuningdek, qarzdorning O`zbekiston Respublikasidan chiqish huquqi cheklangan.

Biroq, qarzdor Z.X. 2017 yilda Turkiya davlatiga chiqib ketganligi sababli aliment pullarini undirish imkoni bo`lmagan.

Ijro harakatlari davomida qarzdor ayol 2023 yil 30 dekabr kuni O`zbekistonga kelib, o`ziga nisbatan qo`yilgan cheklov sabab Turkiya davlatiga chiqib keta olmagan.

Shundan so`ng, ayol farzandlari voyaga etgunga qadar aliment qarzdorlikni bir yo`la 43 million so`m naqd pulda to`lab bergan.

Davlat ijrochisi tomonidan unga nisbatan qo`yilgan barcha cheklovlar bekor  qilinib, ijro ishi tamomlangan.

    Boshqa yangiliklar