Rossiyaning to`rt hududidagi o`zbeklarga moddiy va huquqiy yordam ko`rsatilgan. Bu haqida Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi xabar bermoqda.
Moskvadagi “GES Konstrakshn”, Krasnodardagi “Spes Stroy Kuban” korxonalarida ishlayotgan o`zbekistonliklar hamda ularning ish beruvchisi bilan uchrashuvlar tashkil etilgani ma`lum qilindi.
Unda xorijiy ishchi kuchiga ehtiyoji mavjud korxonalarga tashkiliy tarzda O`zbekiston fuqarolarini ishga jalb qilish imkoniyatlari to`g`risida fikr almashildi.
Fuqarolar bilan uchrashuvda O`zbekistonda migrasiya sohasida qabul qilinayotgan yangi qaror va qonunchilik normalari, chet elda mehnat qilish uchun yaratilayotgan sharoit va qulayliklar to`g`risida ma`lumotlar berildi. Ularning yashash va ish sharoitlari o`rganildi.
Sankt-Peterburg, Nijnevartovsk, Volgograd va Ekaterinburgda murakkab vaziyatda qolgan yurtdoshlarga moddiy va huquqiy yordam ko`rsatildi.






