AsosiyJamiyat
4728

Nest One bank foydasiga musodara qilingani rad etildi

'Nest One bank foydasiga musodara qilingani rad etildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Tashkent Citydagi Nest One binosi Aloqabank foydasiga musodara etilishi mumkin” sarlavhasi ostida xabarlar tarqaldi.

Aloqabank axborot xizmati ma`lum qilishicha, Nest One binosining qurilishiga Aloqabankning hech qanday aloqasi yo`q.

Bank tomonidan bu bino uchun hech kimga kredit mablag`lari berilmagan va o`z navbatida biror tadbirkorga nisbatan sudga murojaat qilinmagan. Xabarda keltirilgan Aloqabank bilan bog`liq barcha ma`lumotlar hech qanday asosga ega emasligi qayd etildi. 

“Bu yolg`on xabar. Men ham xayron bo`ldim, bizda kreditlar yo`q edi-ku, deb. Binoning kadastrlari 100 foiz chiqqan, 554 ta xaridorga bu rasmiylashtirib ham berildi. Qolgan mijozlar bilan ishlar olib borilyapti. Nafaqat Nest One, balki Murod Buildings, NRG’da ham birorta kredit yo`q. Bu feyk xabarlarni tarqatganlar qonun oldida javob berishadi”, – deydi tadbirkor Murod Nazarov.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar