AsosiySport
5333

"Barselona"ning sobiq himoyachisi 4,5 yilga qamaldi

'"Barselona"ning sobiq himoyachisi 4,5 yilga qamaldi'ning rasmi

"Barselona"ning sobiq himoyachisi Dani Alves zo`rlash aybi bilan 4,5 yilga qamaldi. Bu haqida Zamon.uz xabar berdi.

Eslatib o`tamiz, yanvar oyida Dani Alves Barselonadagi Sutton tungi klubida 23 yoshli qizni zo`rlaganlikda ayblangan edi. 20 yanvar kuni sobiq futbolchi hibsga olindi. Keyinroq Alvesga bir necha bor vaqtinchalik garov puli berilmagan.

Braziliyalik himoyachi "Barselona"dagi o`yinlari bilan mashhur. "Ko`k-anorranglilar" tarkibida Alves olti marta Ispaniya chempioni bo`lgan, Chempionlar ligasida g`olib chiqqan, mamlakat kubogi va Superkubogini qo`lga kiritgan. Braziliya terma jamoasi bilan himoyachi ikki marta Amerika kubogi va Konfederasiya kubogi sohibi bo`lgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar