AsosiyJamiyat

O`zbekistonda yana qor yog`adi

'O`zbekistonda yana qor yog`adi'ning rasmi

“O`zgidromet” dam olish kunlari kutilayotgan ob-havo ma`lumotini e`lon qildi.

Ma`lum qilinishicha, bugun va dam olish kunlari O`zbekiston hududi bo`yicha havo harorati me`yordan 3-5 darajaga past bo`lgan nisbatan sovuq ob-havo saqlanib turadi, kechalari 0-5 daraja sovuq, ba`zi joylarda 2 daraja iliqqacha, kunduz kuni 23 fevralda 2-7 daraja iliq, 24-25 fevralda 0-5 daraja iliq atrofida bo`ladi. Shimolda kechalari 7-12 daraja sovuq, kunduz kunlari 0-5 daraja iliq bo`ladi.

Bugun 23 fevralda respublika hududi bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyatida ba`zi joylarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi.

24-25 fevral kunlari respublikaning ko`pchilik hududlarida vaqti-vaqti bilan asosan qor ko`rinishidagi yog`ingarchilik bo`ladi, faqat Qoraqalpog`iston Respublikasi, Xorazm Surxondaryo viloyatlarida yog`ingarchilik kutilmaydi.

Tog`li hududlarda vaqti-vaqti bilan qor yog`adi. Qor ko`chishi xavfi bor.

Respublika bo`yicha ba`zi joylarga tuman tushadi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, 24-25 fevralda 15-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Yo`llarda ba`zi joylarda yaxmalak kuzatiladi.

Poytaxtda: bugun kunduzi vaqti-vaqti bilan biroz yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Harorat 3-5 daraja iliq bo`ladi.

Shanba kuni vaqti-vaqti bilan qor yog`adi. Shamol g`arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 1 daraja sovuq-1 daraja iliq, kunduzi 1-3 daraja iliq bo`ladi.

Yakshanba kuni biroz yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`lishi mumkin. Harorat kechasi 3-5 daraja sovuq, kunduzi 2-4 daraja iliq bo`ladi.

Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol 3-8 m/s tezlikda esdi.

    Boshqa yangiliklar