AsosiyJamiyat

Nogironligi bo`lgan shaxslarni ishga qabul qilgan tadbirkorlik sub`ektlari rag`batlantiriladi

'Nogironligi bo`lgan shaxslarni ishga qabul qilgan tadbirkorlik sub`ektlari rag`batlantiriladi'ning rasmi

Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga ko`rsatilayotgan xizmatlarni ochiqligi va shaffofligini yanada kuchaytirish,  nogironligi bo`lgan shaxslarni bandligiga ko`maklashish tizimini takomillashtirish yuzasidan mamalkatimizda dolzarb ishlar amalga oshirilmoqda.  

Respublika bo`yicha jami 1,0 mln nafarga yaqin nogironligi bo`lgan shaxslar mavjud. Shundan, 700 mingdan ortig`i mehnat layoqati yoshidagi nogironligi bo`lgan shaxslardan iborat.

Bugungi kunga kelib nogironligi bo`lgan shaxslarni bandligini ta`minlangan tadbirkorlik sub`ektlariga davlat tomonidan ko`plab imtiyozlar berilmoqda.
Birgina, nogironligi bo`lgan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga har bir xodim uchun 6 oy davomida subsidiya mablag`lari ajratilishi yoki ish o`rinlarini nogironligi bo`lgan shaxslar uchun moslashtirish mablag`lari byudjet hisobidan qoplab berilishi yaqqol misol bo`lishi mumkin.

Kuni kecha davlatimiz rahbari tomonidan o`tkazilgan yig`ilishda nogironligi bo`lgan shaxslar uchun to`siqsiz muhit yaratish hamda ularni bandligini ta`minlash samaradorligini oshirish yuzasidan bir nechta vazifalar belgilab berildi.

Shuningdek, vazirlik va hudud rahbarlariga yil yakuniga qadar barcha byudjet tashkilotlariga 20 ming nafar, banklarga kamida 1 ming nafar nogironligi bo`lgan shaxslarni ishga qabul qilish topshirig`i berildi.

Ijtimoiy himoyaga milliy agentligi ham ushbu topshiriqlardan kelib chiqib o`zining ustuvor vazifalarini belgilab oldi.
Nogironligi bo`lgan shaxslarni o`qishi, kasb-hunar o`rganishi va ishga joylashishida to`siqsiz muhit yaratish maqsadida nogironlikni kasallikka qarab emas, balki shaxsning mustaqil harakati, muloqot qobiliyati va ijtimoiy hayotdagi ishtirokiga qarab belgilash tizimigm joriy qilinadi;

Nogironligi bo`lgan shaxslar uchun ish beruvchilar tomonidan majburiy ish o`rinlarini zaxiralash tizimi tubdan qayta ko`rib chiqiladi va xorij tajribasiga tayanib takomillashtiriladi;

Nogironligi bo`lgan shaxslarni ishga qabul qilgan tadbirkorlik sub`ektlarini rag`batlantirish maqsadida qo`shimcha instrumentlar joriy qilinadi.

Jumladan, nogironligi bo`lgan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga  har bir nogiron uchun byudjet mablag`lari hisobidan ish o`rinlarini moslashtirish tizimi yanada takomillashtiriladi.  

Nogironligi bo`lgan shaxslarni hayotda o`z o`rinlarini topishi, jismoniy holatining reabilitasiya qilinishi hamda jamiyatga ijtimoiylashuvida sportning  ham o`rni juda katta.

Xususan nogironligi bo`lgan shaxslarni sportga jalb qilish qamrovini oshirish hamda ularga shart-sharoit yaratish maqsadida Nogironligi bo`lgan shaxslar uchun Sportni rivojlantirish assosiasiyasi tashkil etilishi hamda O`zbekiston Milliy Paralimpiya qo`mitasi, O`zbekiston karlar sport federasiyasi, O`zbekiston ko`zi ojizlar sport federasiyasi va O`zbekiston maxsus Olimpiadasi Respublika jamoat birlashmasi Assosiasiya tarkibiga kiritilishi natijasida nogironligi bo`lgan shaxslarni  sportga jalb qilish bo`yicha milliy tizim yaratilishi ham belgilandi.

Mazkur Assosiyasiyani tashkil etilishidan asosiy maqsad barcha kasallik turlaridagi nogironligi bo`lgan shaxslarni sport bilan shug`ullanishlari uchun teng sharoit yaratish, 
Respublikadagi barcha sport majmualarini nogironligi bo`lgan shaxslar uchun moslashtirish, ular bilan ishlaydigan malakali trener va mutaxassislarni tayerlash,  

Hududlarda nogironlar sport guruxlarini tashkil etib, ommaviy sport tadbirlarini, jumladan, mahallalardagi nogironligi bo`lgan shaxslar o`rtasida “Besh tashabbus” loyihasi asosida sport musobaqalarini doimiy ravishda o`tkazish tizimini joriy qilishdan iboratdur.

Zulayxo Kamalxadjaeva, 

Ijtimoiy ximoya milliy agentligi bosh mutaxassisi

    Boshqa yangiliklar