AsosiyJamiyat

“Baxti Tashkentskiy”ning akasi Shuxrat Qudratullaev qo`lga olindi

'“Baxti Tashkentskiy”ning akasi Shuxrat Qudratullaev qo`lga olindi'ning rasmi

Toshkent shahrida “Baxti Tashkentskiy” laqabi bilan tanilgan Baxtiyor Qudratullaevning akasi Shuxrat Qudratullaev qo`lga olindi, deb xabar beradi “Kun.uz” nashri.

2023 yilning dekabr boshlarida O`zbekistonda jinoiy guruhlar a`zolarini qo`lga olish bo`yicha ommaviy reydlar o`tkazildi. Jumladan, “Baxti Tashkentskiy” qo`lga olingandi. U Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) va 194-moddasi (IIO xodimini qonuniy talabini bajarmaslik) 1-qismida nazarda tutilgan ma`muriy huquqbuzarliklarni sodir etganlikda aybli deb topilgan. Sud qarori bilan unga 15 sutka ma`muriy qamoq jazosi tayinlangan edi. 

Baxtiyor Qudratullaev bilan birga yana ikki shaxs — Dilshod Sharipov va Anvar Mirzaxanovlar hibsga olindi. 24 dekabrda esa Baxtiyor Qudratullaevning o`g`li va guruhning yana bir qancha a`zolari, jumladan, Nargiza Jumaniyazova ham hibsga olingandi. 

    Boshqa yangiliklar