AsosiyJamiyat

Toshkentda yo`lovchi qizga shilqimlik qilgan haydovchiga sud hukmi o`qildi

'Toshkentda yo`lovchi qizga shilqimlik qilgan haydovchiga sud hukmi o`qildi'ning rasmi

Toshkent shahrida yo`lovchi qizga shilqimlik qilgan haydovchiga sud hukmi o`qildi. Bu haqda “Millar” dasturida xabar bermoqda.

Keltirilishicha, 10 fevral kuni taxminan 19:30 da yo`lovchi sifatida taksiga chiqqan qizga haydovchi turli shahvoniy so`zlar bilan shilqimlik qilgan. Sudda huquqbuzarning aybi jabrlanuvchining arizasi, bildirgi, tushuntirish xatlari, sudga bergan ko`rsatuvlari va ish hujjatlarida mavjud bo`lgan boshqa hujjatlar bilan o`z tasdig`ini topgan. 

Sud Oliy sudi Plenumining “Sudlar tomonidan ma`muriy huquqbuzarlik to`g`risidagi ishlarni ko`rishni tartibga soluvchi qonunlarni qo`llashning ayrim masalalari to`g`risidagi” qarori talablariga rioya qilgan Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 41-1 moddasi birinchi qismi sanksiyasida nazarda tutilgan ma`muriy qamoq jazosini tayinladi. Shunga asosan ayblanuvchi 5 sutkaga qamaldi.

 

    Boshqa yangiliklar