AsosiyJamiyat
1985

Respublika bo`yicha yog`ingarchilik davom etadi

'Respublika bo`yicha yog`ingarchilik davom etadi'ning rasmi

Bugun, 25 fevral kuni Toshkentda havo bulutli bo`ladi, biroz yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3-5 daraja sovuq, kunduzi 2-4 daraja iliq bo`ladi. Bu haqda Respublika Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berdi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kuzatilmaydi. Joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 7-12 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo`ladi.  

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kuzatilmaydi. Joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba`zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo`ladi.  

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`lib,  tuman tushishi mumkin. Yo`llarda yaxmalak yuzaga keladi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo`ladi.  

Qashqadaryo viloyatida havo bulutli bo`ladi, ayrim joylarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`lib, tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5, kunduzi 5-10 daraja iliq bo`ladi.  

Surxondaryo viloyatida havo bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kuzatilmaydi. Joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5, kunduzi 5-10 daraja iliq bo`ladi.  

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`lib, tuman tushishi mumkin. Yo`llarda yaxmalak yuzaga keladi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo`ladi.  

Respublikamizning tog`li hududlarida havo bulutli bo`ladi, ayrim joylarda qor yog`ib, tuman tushishi mumkin. Yo`llarda yaxmalak yuzaga keladi. Xavfli qor uyumlari bo`lishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5-10, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo`ladi.  

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar