AsosiyJamiyat
4491

Paxtachida yuk avtomobili yonib ketdi

'Paxtachida yuk avtomobili yonib ketdi'ning rasmi

Joriy yilning 25 fevral kuni tungi soat 00:55 da M-37 avtomobil yo`lining Paxtachi tumani Xudoyberdi mahallasi hududidan o`tuvchi qismida Buxoro shahrida yashovchi U.M. boshqaruvida bo`lgan Mersedes benz rusumli yuk avtomobili o`zida benzin yoqilg`isini olib harakatlanib ketayotgan vaqtida orqa g`ildiraklaridan biri nosoz holga kelib qolishi natijasida yong`in kelib chiqqan. Bu haqda Samarqanda viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Axborot xizmati boshlig`i xabar berdi. 

Ma`lum qilinishicha, hodisa natijasida jarohat olganlar yo`q.

Yong`in zudlik bilan bartaraf qilinib, hodisa joyi Paxtachi tuman IIB tomonidan prosessual tartibda ko`zdan kechirilib, rasmiylashtirilgan.

Hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar