AsosiyJamiyat
6724

Qashqadaryodagi maktabda direktor o`rinbosari va o`quvchi o`zaro mushtlashdi

'Qashqadaryodagi maktabda direktor o`rinbosari va o`quvchi o`zaro mushtlashdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Shahrisabz shahridagi maktablarning birida direktor o`rinbosarining ko`ziga yuqori sinf o`quvchisi musht tushirgani, biroq chora ko`rilmayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Shahrisabz shahar hokimligi matbuot xizmati munosabat bildirdi.

Xabarda aytilishicha, 2024 yil 19 fevrali kuni Shahrisabz shahar “Kamolot” MFYda yashovchi Sh.K. viloyat IIBga murojaat qilgan. Uning murojaati yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilganda quyidagilar aniqlangan:

2024 yil 19 fevral kuni soat 10:45 lar atrofida Shahrisabz shahar 1-sonli maktabda, ma`naviy ma`rifiy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosari Sh.K. dars vaqtida o`quvchilar darsga kirmasdan qor o`ynayotganda ularni sinfxonaga kirgizmoqchi bo`lgan.

Shu paytda 10 f-sinf o`quvchisi J.B. Sh.K.ga qarshilik ko`rsatgan. Shundan so`ng Sh.K. o`quvchini xonasiga olib kirib gaplashgan va J.B.ni urgan, shunda o`quvchi ham direktor o`rinbosarining yuz qismiga musht tushirgan.

Qayd etilishicha, hozirgi kunda o`quvchi va o`qituvchi shifoxonaga yotqizilgan. Shahrisabz shahar IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar