AsosiyJamiyat
1634

Behayo videolari bilan tanilgan qashqadaryolik bloger qamaldi

'Behayo videolari bilan tanilgan qashqadaryolik bloger qamaldi'ning rasmi

Qashqadaryoda bloger 10 sutkaga qamaldi. Bu haqda viloyat sudi xabar qildi. 

Ma`lum qilinigicha, 1998 yil Qashqadaryo viloyatida tug`ilgan Sardor Safarboev TikTok va YouTubeda Sardor gangster taxallusi bilan chiqishlar qilib kelgan. U muqaddam ham ma`muriy javobgarlikka tortilgan. Jinoyat ishlari bo`yicha Nishon tuman sudining 2024 yil 21 fevraldagi qarori bilan Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) va 184-3-moddasi (milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovatni targ`ib qiluvchi materiallarni tayyorlash, saqlash yoki tarqatish) da nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etgan deb topilib, unga nisbatan 10 sutka ma`muriy qamoq jazosi tayinlangan. 

2024 yil 23 fevral kuni Qashqadaryo viloyat sudining jinoyat ishlari bo`yicha sudlov hay`ati tomonidan S. Safarboevning shikoyati apellyasiya tartibida ko`rib chiqilib, birinchi instansiya sudining qarori o`zgarishsiz, apellyasiya shikoyati esa qanoatlantirilmasdan  qoldirilgan.

 

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar