AsosiyJamiyat
9407

O`zbekistonda yog`ingarchilik va sovuq davom etadi

'O`zbekistonda yog`ingarchilik va sovuq davom etadi'ning rasmi

“O`zgidromet” joriy haftada kutilayotgan ob-havo ma`lumotini e`lon qildi. 

Ma`lum qilinishicha, qishning so`nggi kunlari va bahorning birinchi kuni O`zbekiston hududi bo`yicha ob-havoning beqaror sharoiti saqlanib turadi.

26-29 fevral va 1 mart kunlari respublikaning ko`pchilik viloyatlarida vaqti-vaqti bilan yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Faqat Qoraqalpog`iston Respublikasi, Xorazm viloyatida va bugun kunduzi Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog`ingarchilik kutilmaydi.

Ushbu kunlarda respublika bo`yicha me`yordan 2-5o ga past bo`lgan harorat saqlanib turadi. Havo harorati kechalari 0-5 daraja sovuq, shimolda 5-10 daraja sovuq, kunduz kunlari 2-7 daraja iliq atrofida bo`ladi.

Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Respublika bo`yicha ba`zi joylarga tuman tushadi.

Tog`li hududlarda vaqti-vaqti bilan qor yog`adi. Qor ko`chishi xavfi bor.

Poytaxtda: bugun kunning birinchi yarmida biroz yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`lishi mumkin.

28 fevral va 1 mart kunlari vaqti-vaqti bilan yomg`ir va qor ko`rinishidagi yog`ingarchilik bo`ladi. Haftaning qolgan kunlari esa asosan yog`ingarchiliksiz ob-havo bo`lishi kutilmoqda.

Harorat kechalari 1-4 daraja sovuq, kunduz kunlari 3-6 daraja iliq bo`ladi.

Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esdi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar