AsosiyJamiyat
1449

O`qishni xorijdan O`zbekistonga "perevod" qilishni va`da qilganlar ushlandi

'O`qishni xorijdan O`zbekistonga "perevod" qilishni va`da qilganlar ushlandi'ning rasmi

O`qishga kiritib qo`yishni va`da qilgan firibgarlar ushlandi. Bu haqida Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda. 

Departamentning Mingbuloq tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro O`.N. fuqarolar D.E. va A.D.ning ishonchiga kirib, go`yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida ularning Rossiya Federasiyasi hamda qo`shni Qirg`iziston Respublikasidagi o`qishini Namangan viloyatidagi oliy ta`lim muassasalariga ko`chirib berishini aytib, evaziga 4 500 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritganligi niqlangan.

Shu kabi, Departamentning Surxondaryo viloyat boshqarmasi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida o`tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.M. fuqaro M.U.ning ishonchiga kirib, uni tanishlari yordamida Qarshi shahridagi Xalqaro Innovasion universitetining 3-bosqichiga o`qishga kiritib qo`yishi evaziga 1 000 AQSh dollari va 1,2 mln so`mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar