AsosiyJamiyat
2017

Viloyatlarda “AI-80” benzinini qimmatga sotayotganlar qo`lga olindi

'Viloyatlarda “AI-80” benzinini qimmatga sotayotganlar qo`lga olindi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm viloyat boshqarmasi va uning hududiy bo`limlari tomonidan FVB va soliq idoralari bilan hamkorlikda Xiva, Bog`ot, Hazorasp, Gurlan, Yangiariq, Tuproqqal`a tumanlari va Urganch shahrida o`tkazilgan tezkor tadbirlarda 9 nafar fuqaro  “Ai-80” markali benzin yoqilg`isini o`z yashash uylarida qimmat narxlarda chakana sotish bilan shug`ullanib kelayotganliklari aniqlandi. 

Shu kabi, Departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirlarda “Ai-80” markali benzin yoqilg`isini qimmat narxlarda chakana sotish bilan shug`ullanib kelgan shaxslardan jami 1 066 litr benzin yoqilg`isi ashyoviy dalil sifatida olingan.

Departamentning Navoiy viloyat boshqarmasi hamda Nurota, Qiziltepa, Navbahor va Xatirchi tumani bo`limlari tomonidan FVB idoralari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirlarda 7 nafar fuqaro o`z uylarida qimmat narxlarda “Ai-80” markali benzin yoqilg`isini chakana sotish bilan shug`ullanib kelayotganliklari aniqlanib, ulardan jami 931litr benzin yoqilg`isi ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksining tegishli moddalari bilan qonuniy choralar ko`rilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar