Andijon shahrining sobiq hokimi Bahrom Haydarov vafot etdi. Ushbu xabarni marhumning yaqin qarindoshlariga tayanib “Daryo”nashri xabar qildi.
Ma`lum qilinishicha, Bahrom Haydarovning janozasi bugun, 5 mart kuni Andijon shahridagi xonadonida bo`lib o`tadi.
Bahrom Haydarov viloyat Moliya boshqarmasi boshlig`i sifatida ish yuritgan paytida sheriklari bilan 48 milliard so`m byudjet mablag`ini talon-toroj qilgan. Bosh prokuratura tomonidan olib borilayotgan tergov ishi doirasida 37 nafar shaxsga nisbatan ayblov e`lon qilinib, ularning 32 nafari qamoqqa olingan. Ayni kunga qadar etkazilgan zararning 23 foizi qoplangan.
2022 yilda Bahrom Haydarovning davlat manfaatlariga 1,7 milliard so`m zarar keltirganlikda ayblanayotgani, uning deputatlik dahlsizligini bekor qilish uchun viloyat prokuraturasiga taqdimnoma kiritilgani xabar qilingan edi. O`sha yilning dekabr oxirlarida Bahram Haydarov Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismining “a”, “v” bandlari, 209-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari va 243-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 59-moddasi tartibida tayinlangan jazolarni qisman qo`shish yo`li bilan 3 yil mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilingan holda, 10 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangandi.






