AsosiyJamiyat

Italiyada o`zbekistonlik sportchi qiz zo`rlangani rad etildi

'Italiyada o`zbekistonlik sportchi qiz zo`rlangani rad etildi'ning rasmi

 Italiyada uch qilichboz o`zbekistonlik 17 yashar sportchi qizni zo`rlaganlikda ayblanayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. 

O`zbekiston qilichbozlik federasiyasi Italiyada o`zbekistonlik qilichboz bilan bog`liq voqea haqidagi ma`lumotni rad etdi. 

Aytilishicha, aynan 2023 yilning 4-5 avgust kunlari qilichbozlik bo`yicha milliy terma jamoamiz a`zolari har uchala tur bo`yicha Italiyadagi xalqaro o`quv-mashg`ulot yig`inlariga qatnashmagan, balki Xitoyda bo`lib o`tgan Butunjahon Universiada o`yinlarida ishtirok etgan edi.

"Bu asossiz, ishonchsiz va boz ustiga tekshirilmagan ma`lumotlarning chop etilishi soxta va yolg`on ekanligi o`z-o`zidan ayon. 

Qilichbozlik federasiyasi rahbariyati ushbu ma`lumot yuzasidan yig`ilish o`tkazdi va federasiyamiz bunday urinishlar kuchli sportchilarga bevosita qaratilgan sport va siyosiy o`yinlarning eng keng tarqalgan usullaridan biri”, — deyiladi federasiya bayonotida.

    Boshqa yangiliklar