“8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlash to`g`risida” Prezident Farmoni e`lon qilindi.
Farmon bilan davlat va jamiyat hayotida tutgan o`rni va nufuzini oshirish, shuningdek, o`zining samarali mehnati, boy tajribasi bilan yurtimizda olib borilayotgan keng ko`lamli islohotlar jarayonida faol qatnashib, Yangi O`zbekistonni barpo etish, xalqimiz farovonligini yuksaltirish yo`lida tashabbus va ibrat ko`rsatib kelayotgan, oilalarda ma`naviy-axloqiy muhitni mustahkamlash, yoshlarimizni ona Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga katta hissa qo`shayotgan bir guruh xotin-qizlar davlat mukofotlari bilan taqdirlandi. Jumaladan:
«Mehnat shuhrati» ordeni bilan
Annaklicheva Gulistan Axmedovna - «Qoraqalpoq adabiyoti» gazetasi bosh muharriri, Qoraqalpog`iston Respublikasi
Bag`ishova Bilimxon Alimbekovna - Chortoq tumanidagi «Soz-soy» mahalla fuqarolar yig`ini xotin-qizlar faoli, Namangan viloyati
Jo`raqulova Rano Muhamedjanovna - Samarqand viloyati musiqali drama teatrining drama artisti
Raximova Guloro - Xorazm viloyati musiqali drama teatrining etakchi sahna ustasi
Raximova Rayxon Abdurasulovna - Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari xodimlarining malakasini oshirish o`quv kursi direktori
Egamberdieva Turgunoy Axamadjonovna - Farg`ona davlat universitetining O`zbekiston tarixi kafedrasi professori, Farg`ona viloyati
«Do`stlik» ordeni bilan
Aymuratova Liza Aytmuratovna - «Quo`anish jarma» irrigasiya tizimi boshqarmasi muhandis-gidrotexnigi, Qoraqalpog`iston Respublikasi
Aslonova Emma Sergeevna - O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo`mitasi a`zosi
Axmedova Maxsuma To`xtamurodovna - O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a`zosi, yozuvchi
Baxramova Rizvon Axrorovna - Buxoro viloyati bosh imom-xatibining xotin-qizlar masalalari bo`yicha yordamchisi, bosh otinoyisi
Voxidova Matlubaxon Manonovna - So`x tumanidagi «Mulki Bovohid» mas`uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Farg`ona viloyati
Djakeeva Zamira Derbisovna - Tomdi tumani sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo`limi boshlig`i, Navoiy viloyati
Djuralieva Azamat Turaevna - Termiz tumanidagi «Temur bobo» fermer xo`jaligi agronomi, Surxondaryo viloyati
Do`liboeva Barchinoy Abdurasulovna - Baxmal tumanidagi «Barlos» folklor jamoasi badiiy rahbari, Jizzax viloyati
Esimxanova Regina Aleksandrovna - «O`zbekiston temir yo`llari» aksiyadorlik jamiyatining Toshkent yuk vagon deposi vagon yig`uv sexi kran mashinisti
Zyangurova Ruzaliya Shafkatovna - Sirdaryo viloyati ixtisoslashtirilgan sport maktabining engil atletika bo`yicha murabbiysi
Iskandarova Roza Raxmanovna - O`zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining xoreografiya pedagogikasi kafedrasi dosenti
Kayumova Malikaxon Abduraximovna - Pop tumanidagi «Papfen» mas`uliyati cheklangan jamiyati operatori, Namangan viloyati
Muradova Gulzira Sarievna - Mirishkor tumanidagi «Yangi Mirishkor agropilla» mas`uliyati cheklangan jamiyati pillachisi, Qashqadaryo viloyati
Sergeeva Yuliya Vladimirovna - O`rta Chirchiq tumanidagi «Kim Pen Xva chorva» fermer xo`jaligi boshlig`i, Toshkent viloyati
Xamroeva Gulnoza Mamatmuratovna - Pastdarg`om tumanidagi 8-oilaviy bolalar uyi rahbari, Samarqand viloyati
Xodjaeva Sayyora Ataxanovna - Demokratiya va inson huquqlari instituti direktori
Sherova Saodat Otajanovna - Shovot tumanidagi «Shovot qal`a bioservis» mas`uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Xorazm viloyati
Ergazieva Mayramxon Satvoldievna - «Hunarmand» uyushmasining Andijon viloyati boshqarmasi a`zosi, do`ppido`z
Yagafarova Nailya Munirovna - «12-trest» aksiyadorlik jamiyatining arxitektorlar va dizaynerlar bo`limi etakchi arxitektori, Toshkent shahri
II darajali «Sog`lom avlod uchun» ordeni bilan
Bafoeva Sidiqa Xamroevna - Kogon shahridagi «Arabxona» mahalla fuqarolar yig`ini xotin-qizlar faoli, Buxoro viloyati
Norbaeva Zevarjon Tangriberganovna- Qo`shko`pir tumanidagi 1-ixtisoslashtirilgan umumiy o`rta ta`lim maktab-internatining kimyo fani o`qituvchisi, Xorazm viloyati
Tashmatova Zulfiya Azizovna - Chilonzor tumanidagi «Ko`rkam» mahalla fuqarolar yig`ini raisi, Toshkent shahri
II darajali «Salomatlik» ordeni bilan
Burieva Sharofat - Paxtachi tumanidagi «Hakimqul» oilaviy shifokorlik punkti mudiri, Samarqand viloyati
Normurodova Ma`rifat Egamurodovna - Sherobod tumanidagi «Euro Med Plus» diagnostika va davolash markazi rahbari, Surxondaryo viloyati
Xolboeva Gulnoz Baxadirovna - Toshkent shahri tez tibbiy yordam klinik shifoxonasi anesteziolog- reanimatologi
«Sog`lom turmush» medali bilan
Azimova Rano Ismailjanovna - Xonobod shahridagi «Kampirrovot» oilaviy shifokorlik punkti patronaj hamshirasi, Andijon viloyati
Xalikova Olga Andreevna - Yuqori Chirchiq tumani sport maktabi direktori, Toshkent viloyati
«Sodiq xizmatlari uchun» medali bilan
Imamova Yulduz Allanazarovna - Jarqo`rg`on tumani ichki ishlar bo`limining huquqbuzarliklar profilaktikasi bo`linmasi xotin-qizlar masalalari bo`yicha katta inspektori, Surxondaryo viloyati
Rasulova Gulbaxor Obidovna - Jizzax shahar ichki ishlar boshqarmasining 2-ichki ishlar bo`limi huquqbuzarliklar profilaktikasi guruhi xotin-qizlar masalalari bo`yicha katta inspektori, Jizzax viloyati
«Kelajak bunyodkori» medali bilan
Atadjanova Dildora Adilbek qizi - Sergeli tumanidagi «Dalatech Systems» mas`uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Toshkent shahri
Mamatmo`minova Iqbol Erkin qizi - Sho`rchi tumani «Do`stlik» mahalla fuqarolar yig`inidagi yoshlar etakchisi, Surxondaryo viloyati
Mashrabova Muxlisa Alijon qizi - Andijon davlat universitetining san`atshunoslik fakulteti 4-bosqich talabasi, Andijon viloyati
Xudoyberdieva Malika Valijon qizi - Uchquduq tumani «Do`stlik» mahalla fuqarolar yig`inidagi yoshlar etakchisi, Navoiy viloyati
«Shuhrat» medali bilan
Abdug`ofurova Feruzaxon Tojimatovna- Buloqboshi tumanidagi «To`lan fayz» mas`uliyati cheklangan jamiyati direktori, Andijon viloyati
Abdukarimova Saodat Jumanazarovna - Yangiariq tumani «Yangiariq» mahalla fuqarolar yig`inidagi hokim yordamchisi, Xorazm viloyati
Ametova Gauxar Gulmuratovna - «Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasi» aksiyadorlik jamiyatining bo`lim muhandisi, Qoraqalpog`iston Respublikasi
Atoeva Rahima Kamolovna - Xalq deputatlari Romitan tumani Kengashi kotibiyati mudiri, Buxoro viloyati
Achilova Firuza Kurbanovna - Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Qarshi filiali logistikada axborot texnologiyalari kafedrasi dosenti, Qashqadaryo viloyati
Bobokulova Gulnora Normatovna - Jizzax shahridagi «Zilol» mahalla fuqarolar yig`ini raisi, Jizzax viloyati
Giyozova Inobat Sulaymonovna - Parkent tumanidagi «Kumushkon saxovati» oilaviy turizm korxonasi direktori, Toshkent viloyati
Dulabova Nafisa Yusupovna - O`zbekiston Respublikasi Tog`-kon sanoati va geologiya vazirligining regional va rudali geologiya bo`limi boshlig`i
Jumanazarova Gulchexira Jumaxmetovna - Kegeyli tumani «Xalqobod» mahalla fuqarolar yig`inidagi hokim yordamchisi, Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ismoilova Mamlakat Norqulovna - «Navoiy issiqlik elektr stansiyasi» aksiyadorlik jamiyatining markaziy ta`mirlash sexi kran mashinisti, Navoiy viloyati
Israilova Buayshaxon Abdurasulovna - Uchqo`rg`on tumanidagi «Uchkurgan Textile» mas`uliyati cheklangan jamiyatining «John Deere» paxta terim kombayni mexanizatori, Namangan viloyati
Ishonqulova Dilrabo Sayfievna - Sho`rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasining sex qurilmasi kuzatuvchisi, Qashqadaryo viloyati
Karimberdieva Dilbar Ziyatdinovna - To`rtko`l tumanidagi «Ayaz yurt» oilaviy turizm korxonasi direktori, Qoraqalpog`iston Respublikasi
Koshipjonova Uktamxon Salimovna - Toshloq tumanidagi «Zamin Aziya Farm» mas`uliyati cheklangan jamiyati ta`sischisi, Farg`ona viloyati
Kurbanova Munavvara Abdujabbarovna- Toshkent davlat o`zbek tili va adabiyoti universitetining til nazariyasi kafedrasi dosenti
Kuchkarova Sayyora Yuldashevna - «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» aksiyadorlik jamiyatining Rux zavodi velslash sexi shixtalovchisi, Toshkent viloyati
Qodirova Nodira G`ofurovna - Rishton tumanidagi «Olimjon Ilyosbek» mas`uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Farg`ona viloyati
Mirmaxsudova Tamara Narkulovna - O`zbekiston davlat drama teatrining drama artisti
Negmatova Ulugoy Musanovna - Sardoba tumani telekommunikasiya bog`lamasining stansiya inshootlari guruhi aloqa elektr mexanigi, Sirdaryo viloyati
Nuriddinova Manzura Toshqulovna - «Navoiyuran» davlat korxonasining «Uchquduq» ishlab chiqarish maydoni geotexnologik koni apparatchisi, Navoiy viloyati
Patxitdinova Shaxnaza Abdalievna - «O`zbekiston metallurgiya kombinati» aksiyadorlik jamiyatining elektrda po`lat eritish sexi kran mashinisti, Toshkent viloyati
Primova Xolida Anorboevna - Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Samarqand filiali axborot texnologiyalari kafedrasi professori, Samarqand viloyati
Pulatova Saboxat Usmanovna - Buxoro muhandislik-texnologiya institutining tikuvchilik sanoatida innovasion texnologiyalar kafedrasi professori, Buxoro viloyati
Ruzieva Dilorom Muxitdinovna - «Hunarmand» uyushmasining Buxoro viloyati boshqarmasi a`zosi, zardo`z
Soxibova Xusniobod Maxammadovna - Asaka tumanidagi 16-ko`zi ojiz bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatining ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi, Andijon viloyati
Supieva Ziyoda Mirxakimovna - Shayxontohur tumanidagi «Lotus Gaz Invest» mas`uliyati cheklangan jamiyatining minorali kran mashinisti, Toshkent shahri
Toshmatova Xakimaxon Raximjonovna - Namangan shahridagi «Mega Star Flowers» mas`uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Namangan viloyati
To`ychieva Shoxista Xolboevna - Nurota tumanidagi «Nurota qorako`l naslchilik» mas`uliyati cheklangan jamiyati bosh cho`poni, Navoiy viloyati
Turaeva Qunduz Xaitovna - «O`zbekiston temir yo`llari» aksiyadorlik jamiyatining «Qarshi mintaqaviy temir yo`l uzeli» unitar korxonasi katta elektr mexanigi, Qashqadaryo viloyati
Xudaynazarova Maloxat Juramuradovna - Yangier shahridagi «Muruvvat» nogironligi bo`lgan shaxslar uchun ayollar internat uyi farroshi, Sirdaryo viloyati
Shamalikova Dilfuza Shayunusovna - «G`uncha» jurnali bosh muharriri
Shukurova Etibar Mirazizovna - Toshkent shahri obodonlashtirish bosh boshqarmasining markaziy maydonlarni obodonlashtirishga ixtisoslashtirilgan boshqarmasi ishchisi
Egamberdieva Xurshida Primkulovna - Boyovut tumanidagi «Ibrat asademy» o`quv markazi rahbari, Sirdaryo viloyati
Yulborsova Motluba Omonovna - «O`zyo`lko`prik» klasterining Farg`ona viloyati filiali yo`l bo`limi ishchisi
Yakubova Sharapat Mannonovna - Sharof Rashidov tumani obodonlashtirish boshqarmasi hudud tozalovchisi, Jizzax viloyati