AsosiyJamiyat

“Eng yaxshi non Samarqandda, O`zbekistonda”

'“Eng yaxshi non Samarqandda, O`zbekistonda”'ning rasmi

Belgiyaning mashhur «De Tijd» gazetasi veb-saytida "Eng yaxshi non Samarqandda, O`zbekistonda" sarlavhali maqola niderland tilida chop etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA.

"O`zbek xalqi uchun non muqaddas bo`lib, u haqida ko`plab rivoyatlar, maqollar mavjud. Ulardan biri Buxoro amiri Samarqand nonini tatib ko`rib, shaharning eng zo`r novvoyidan ushbu nonni Buxoroda ham pishirishni so`ragani haqidagi hikoyadir, — deyiladi maqolada. — Buxoroda tayyorlangan non Samarqand nonining mazasini bermaydi. Bu amirni g`azablantiradi va novvoydan tushuntirish talab qiladi. Nonvoy un Samarqanddan keltirilmagani ta`kidlaydi. Ikkinchi marta non Samarqanddan keltirilgan undan pishiriladi. Biroq, bu ham Samarqand nonining asl mazasini bermaydi. Balki, bu suv bilan bog`liqdir, deb o`yladi novvoy va suvni ham Samarqanddan keltirishlarini so`raydi. Ammo Buxoroda pishirilgan non Samarqandda tayyorlanganidek chiqmaydi. Shunda novvoy Samarqandning havosi nonning etishmaydigan asosiy tarkibiy qismi ekanini aytadi".

Nashrda Samarqandda kuniga 12 ming dona non pishirilishi xabar qilingan. 

"Resept oddiy — xamirturushli xamirni bir kun oldin qorib bir kecha tindirasiz. Ertalab xamirga bir necha bor qo`lda ishlov berib yana tindiriladi. Qachon xamir me`yoriga etsa undan keyin shakl berilib, yasaladi. Ularning o`rtasi shishib ketmasligi uchun pastga bosiladi. Nonga kunjut sepiladi va bir xil qizarib pishishi uchun tuxum sarig`i hamda ozgina sariyog` surtiladi", — deb yozgan «De Tijd».

    Boshqa yangiliklar