AsosiyJamiyat

Marg`ilonda o`qituvchi telefon otib, o`quvchining boshini yordi (video)

'Marg`ilonda o`qituvchi telefon otib, o`quvchining boshini yordi (video)'ning rasmi

Marg`ilon shahrida o`qituvchi darsda gaplashib o`tirgan 5-sinf o`quvchisiga telefonini otib, uning boshini yordi.

Bolalar ombudsmani kotibiyatiga ijtimoiy tarmoq orqali mazkur holat aks etgan video kelib tushgan va holat Bolalar ombudsmani tomonidan o`rganildi.

Aniqlanishicha, joriy yilning 5 mart kuni Marg`ilon shahar 29-umumiy o`rta ta`lim maktabining ingliz tili o`qituvchisi (ayol), 2000 yilda tug`ilgan M.E. o`quv jarayonining 6-soat darsini 5-D sinfiga o`tayotganda shu sinfning o`quvchisi 23.08.2012 yilda tug`ilgan U.J. xojatxonaga chiqib kelishni so`ragan, o`qituvchi javob bermagan. Bola zarurat yuzasidan sinfdan chiqqan va birozda qaytgach, o`qituvchi uning ruxsatsiz harakatidan va gaplashib o`tirishidan jahli chiqib o`z qo`l telefonini o`quvchiga qarata otgan. Telefon U.J. ga tegib, oqibatda uning bosh qismi yorilgan.

U.J.ga maktab hamshirasi tomonidan birinchi yordam ko`rsatilib, boshi bog`langan. Uyga shu holatda borgan vaqtida bolaning onasi U.G. jarohatdan xabar topib, uni shifoxonaga olib borgan va bolaga zaruriy tibbiy muolajalar ko`rsatilgan.

Hozirda o`qituvchining harakati yuzasidan tuman IIB tergovga qadar tekshiruv olib bormoqda. Bu borada qo`shimcha ma`lumot beriladi.

    Boshqa yangiliklar