https://www.instagram.com/reel/C32nRzHtags/?igsh=MWxoZWJkbTI3dmliaQ==
Ijtimoiy tarmoqlarda poytaxtning Yakkasaroy tumanida joylashgan Next savdo markazining ovqatlanish shoxobchalari joylashgan qavatida sichqon yurgani aks etgan video tarqalib muhokamalarga sabab bo`ldi.
Ushbu xabarga ko`ra, Sanepidqo`mitaning Yakkasaroy tumani mutaxassislari tomonidan joyiga chiqib o`rganish ishlari amalga oshirildi. Bu haqda qo`mita matbuot xizmati xabar qilmoqda.
O`rganishlar davomida savdo markazi hamda ovqatlanish shoxobchasi rahbari bilan profilaktik suhbat olib borildi. Kecha ish vaqti tugaganidan so`ng ovqatlanish shoxobchasida yakuniy deratizasiya (kemiruvchilarni qirish) ishlari o`tkazildi.
“Hurmatli tadbirkorlar sizlarga shuni eslatib o`tamizki, savdo markazlari, ovqatlanish korxonalari doimiy ravishda ob`ektda zararsizlantirish ishlari o`tkazilib turilishi uchun Sanepidqo`mita va uning hududiy boshqarmalari, xususan xususiy dezinfeksiya tashkilotlari bilan shartnoma tuzib, vaqti-vaqti bilan hududda infeksiyalar, zararkunandalarga qarshi zararsizlantirish ishlarini olib borilishi lozim“, - deyiladi xabarda.






