AsosiyJamiyat

Andijon hokimini o`limi bilan bog`liq yangi tafsilotlar ma`lum bo`ldi

Andijon shahrining sobiq hokimi B.Haydarovning vafoti ko`plab muhokamalarga sabab bo`lmoqd...

'Andijon hokimini o`limi bilan bog`liq yangi tafsilotlar ma`lum bo`ldi'ning rasmi

Andijon shahrining sobiq hokimi B.Haydarovning vafoti ko`plab muhokamalarga sabab bo`lmoqda.  

Advokat Abdumalik Abdullaev o`zining telegram kanalida SSVga qarashli Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazining advokat so`roviga berilgan javobini quyidagicha talqin qildi:

"Sud tibbiy ekspertizasi undagi kasalliklar uning ozodlikdan mahrum etish bilan bog`liq bo`lgan jazoni o`tashiga mone`lik qilishi haqida xulosa berganligi ko`rsatilgan.

JKning 75-moddasida “Hukm chiqarilganidan keyin o`z harakatlarining ahamiyatini anglay olmaydigan yoki ularni boshqara olmaydigan tarzda ruhiy holatining buzilishi yuzaga kelgan shaxs, shuningdek jazoni o`tashga to`sqinlik qiladigan boshqa og`ir kasallikka chalingan shaxs jazoni o`tashdan ozod qilinishi lozim.” deyilgan.

Biroq, birinchi, apellyasiya, taftish instansiyalari sudlarining 7 nafar sudyalari jazodan ozod qilish haqidagi taqdimnomani ma`qullamaganlar. Vaholanki, bunga qonuniy asos bor edi.

Yaqinlari, agar u ozod qilinsa, davolatish choralarini ko`rish harakatida edilar. Biroq, sudyalarning bunday yondashuvi ularni bu imkoniyatdan mahrum qildi", - deb ta`kidlaydi Abdumalik Abdullaev.

Bloger Rasul Kusherbaev ekspertiza ilmiy-amaliy markazining advokat so`roviga quyidagicha munosabat bildirdirdi. 

"Yozishlaricha, sud tibbiy ekspertizasi avvaldanoq marhum sobiq Andijon shahar hokimi B. Xaydarovdagi kasalliklar uning, ozodlikdan mahrum etish bilan bog`liq jazoni o`tashiga mone`lik qilishi haqida xulosa bergan (https://t.me/Advokat_Abdullayev/1184?single). Oddiy aytganda Baxrom Xaydarovning sog`ligi qamoqda jazo o`tashiga yo`l qo`ymagan.

Biroq, buni bilib turib ham birinchi, apellyasiya, taftish instansiyalari sudlarining 7 nafar sudyalari jazodan ozod qilish haqidagi taqdimnomani ma`qullamaganlar. Vaholanki, JKning 75-moddasida “Hukm chiqarilganidan keyin o`z harakatlarining ahamiyatini anglay olmaydigan yoki ularni boshqara olmaydigan tarzda ruhiy holatining buzilishi yuzaga kelgan shaxs, shuningdek jazoni o`tashga to`sqinlik qiladigan boshqa og`ir kasallikka chalingan shaxs jazoni o`tashdan ozod qilinishi lozim.” deyilgan.

Marhumning yaqinlari agar u ozod qilinsa, davolatish choralarini ko`rish harakatida bo`lishgan. Biroq, sudyalar bu imkoniyatdan mahrum qilishgan.

️Aslida gap kimning qaysi lavozimda jinoyat qilganida emas, shunchaki har bir shaxsning avvalo inson ekanligi va sog`ligi, hayoti bilan bog`liq masalalarda unga maksimal yashash imkoniyatini yaratib berishda. Marhumning o`rnida boshqa inson bo`lganda ham biz shu fikrni aytgan bo`lardik. Zero, Jinoyat kodeksida ham insonparvarlik prinsipiga alohida to`xtalingan.  

Istagimiz prokuratura va sud idoralari ana o`sha insonparvarlik prinsipini amalda qo`llashsa, vaqti kelib ularning o`zlariga ham huddi shu prinsip qo`llanadi. Bo`lmasam aksi", deydi bloger.

 

    Boshqa yangiliklar