“Yuksalish” harakati Ijtimoiy-iqtisodiy tashabbuslar instituti ekspertlari bilan hamkorlikda boshqaruv tizimidagi rahbar ayollarning TOP-40 reytingini yangiladi.

Ular bugun siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy tarmoqlar rivojiga salmoqli hissa qo`shayotgan, sohalarda muhim vazifalarni bajarib kelayotgan rahbar ayollardir.
Eslatib o`tamiz, “Yuksalish” harakati har yili (2020, 2021, 2022, 2023) boshqaruvdagi rahbar ayollar reytingini e`lon qilib keladi.
Shuningdek, 2023 yilda mintaqa ekspertlari ko`magida ilk bor Markaziy Osiyoning etakchi ayollari reytingi ham tuzildi.






