AsosiyJamiyat

"Bank operatori" kartadagi pullarni o`g`irlab oldi

'"Bank operatori" kartadagi pullarni o`g`irlab oldi'ning rasmi

Toshkent shahar, Yunusobod tumanida yashovchi 29 yoshli K.A. bank kartasidagi 11.000.000 so`m miqdoridagi pul mablag`lari noma`lum shaxs tomonidan firibgarlik yo`li bilan o`zlashtirilgan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo`linmalari xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni o`sha hududda  yashovchi 24 yoshli I.A. sodir etganligi aniqlangan.

Unga ko`ra, I.A., jabrlanuvchi K.A.ning qo`l telefoniga qo`ng`iroq qilgan va o`zini "bank operatori" sifatida tanishtirib, "SMS" xabarnoma yuborish orqali boshqaruv huquqini qo`lga kiritib, jami 11.000.000 so`m miqdoridagi pullarni o`tkazib olgan va pullarni o`z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi "b" bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, K.A.ning sodir etilib, fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish maqsadida tergov, tezkor-qidiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Qonunga muvofiq, O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi "b" bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

    Boshqa yangiliklar