AsosiyJamiyat

6-8 fevral kunlari darslarga sababsiz 188 000 o`quvchi kelmagan

'6-8 fevral kunlari darslarga sababsiz 188 000 o`quvchi kelmagan'ning rasmi

Maktabgacha va maktab ta`lim vazirligi hamda Milliy gvardiya hamkorligida joriy yilning 6-8 fevral kunlari dastlabki o`rganish ishlari natijasida darslarga sababsiz 188 000 o`quvchi kelmaganligi aniqlandi. Bu haqda Milliy gvardiya axborot xizmati rahbari Davron Jumanazarov AOKAda o`tkazilgan brifingda ma`lum qildi.

Matbuot kotibining qayd etishicha, hozirda joylarda amalga oshirilayotgan yangi tizimdagi, maktablardagi inspektor-psixologlar va mahalla ettiligi  hamkorlikdagi ishlar o`z samarasini bermoqda. Xususan, viloyatlar buylab olib borilayotgan manzilli ishlar doirasida tuman va mahallalar kesimida har bir maktab o`rganilmoqda va unda darsga kelmagan 146 277 o`quvchidan 96 708 nafari (1,5%) kasal va javob so`raganlar, 49 569 nafari (0,8%) darsga sababsiz kelmaganlarni tashkil qiladi.                                           

Shuningdek, kasallik bahonasi bilan darsga qatnashmaslik holatlari ham o`rganilmoqda. Birgina Qashqadaryo viloyatida o`tgan xaftada kasal deb belgilangan o`quvchilarning uylariga borib o`rganilganda 50 ta holatda kasal emasligi, aksincha sababsiz darsga kelmaganligi aniqlangan. O`quvchilarning barchasi darslarga qaytarilib, ota-onalariga ma`muriy javobgarlik choralari ko`rildi.

Respublika bo`yicha, ta`lim-tarbiya borasidagi majburiyatlarni bajarmagan 124 ming nafar ota-onalar rasmiy ogoxlantirildi, to`rt minga yaqiniga  Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 47-moddasiga  ko`ra ma`muriy chora ko`rilgan.

Ko`rilayotgan chora-tadbirlar natijasida respublikadagi maktablarda davomad ijobiy tomonga o`zgarib, darsga kelmayotgan o`quvchilar kuniga o`rtacha 30 mingtaga kamayib bormoqda.

Joriy yilning 6-fevral kunidan 7 mart kuniga qadar Yangi tizimda amalga oshirilgan ishlar natijasida, 1 mln. 769 ming nafar o`quvchi maktablarga qaytarilgan. Hozirda respublika buyicha davomat 97,7 foizga etgan.                                               

 

    Boshqa yangiliklar