O`zgidromet xabariga ko`ra, bugun yomg`ir yog`adi, Surxondaryo viloyatida va Farg`ona vodiysi viloyatlarida kechga tomon yomg`ir yog`ishi mumkin. Ba`zi joylarda momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Qoraqalpog`iston Respublikasi, Xorazm viloyatida ba`zi joylarda biroz yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba`zida 20-23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 8-13° iliq bo`ladi.
Poytaxtimizda vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 11-13° iliq bo`ladi.
Tog` oldi va tog`li hududlarda vaqti-vaqti bilan yog`ingarchilik (yomg`ir, qor), ba`zi joylarda kuchli bo`ladi, tuman tushishi mumkin. Qor ko`chish xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 2-7° iliq bo`ladi.