O`zgidromet xabariga ko`ra, bugun Toshkent, Sirdaryo viloyatlarida ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`ishi mumkin, Farg`ona vodiysi viloyatlarida ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. Respublikaning qolgan hududlarida yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba`zida 20-23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 5-10° iliq bo`ladi.
Poytaxtda biroz yomg`ir yog`ishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 6-8° iliq bo`ladi.
Tog` oldi va tog`li hududlarda ba`zi joylarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Qor ko`chish xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 0-5° sovuq bo`ladi.