1

Baxtiyor Saidov Afg`oniston muvaqqat hukumati mansabdorlari bilan uchrashdi

Siyosat 13.03.2024, 09:41
Baxtiyor Saidov Afg`oniston muvaqqat hukumati mansabdorlari bilan uchrashdi

O`zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Afg`oniston muvaqqat hukumati rahbari mulla Muhammad Hasan Oxund, uning o`rinbosarlari Mavlaviy Abdul Salom Hanafiy va Mulla Abdul G`ani Barodar, tashqi ishlar vaziri Mavlaviy Amir Xon Muttaqiy, IIV rahbari Xalifa Sirojiddin Haqqoniy va boshqalar bilan muzokaralar o`tkazdi. Bu haqda vazir Baxtiyor Saidov xabar qoldirdi.

“Kobulga tashrifimiz chog`ida Afg`oniston muvaqqat hukumatining bir qancha mansabdor shaxslari – Bosh vazir v.b. Mulla Muhammad Hasan Oxund Janobi Oliylari, Bosh vazir o`rinbosari v.b. Mavlaviy Abdul Salom Hanafiy Janobi Oliylari, Bosh vazir o`rinbosari v.b. Mulla Abdul G`ani Barodar Janobi Oliylari, tashqi ishlar vazirligi v.b. Mavlaviy Amir Xon Muttaqiy Janobi Oliylari, ichki ishlar vaziri v.b. Xalifa Sirojiddin Haqqoniy Janobi Oliylari, savdo va sanoat vaziri v.b. Nuriddin Aziziy Janobi Oliylari bilan uchrashuvlar o`tkazdik. Muzokaralar chog`ida o`zaro hamkorlikning keng ko`lamli masalalarini muhokama qildik. Iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash, ishbilarmon doiralar o`rtasidagi munosabatlarni yaxshilash uchun eng qulay shart-sharoitlarni yaratishga alohida e`tibor qaratdik. Bizni boy va mushtarak tariximiz, umumiy an`analarimiz va kelajagimiz birlashtiradi. Birgalikda amalga oshirishimiz mumkin bo`lgan ko`plab imkoniyatlar mavjud”, - deya tashrif tafsilotlarini ma`lum qilgan vazir.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1