AsosiyJamiyat

Qamoqdagi mahkumning onasi Ombudsman mintaqaviy vakiliga murojaat qildi

'Qamoqdagi mahkumning onasi Ombudsman mintaqaviy vakiliga murojaat qildi'ning rasmi

Buxorodagi qamoqxonada jazo muddatini o`tayotgan mahkumning onasi o`g`lining salomatligidan tashvishlanib Ombudsmanga murojaat qilgan.

Uning aytishicha, ayol oxirgi marta o`g`lini ko`rish uchun uzoq muddatli uchrashuvga Qo`qondan Buxoroga borganida, 3 kun emas 2 kunga ruxsat berilgan.

Qayd etilishicha, murojaat mahkumning sog`lig`i bilan bog`liqligi sababli, u ertasi kuniyoq o`rganilgan.

 Mahkum shifokorlar tomonidan tibbiy ko`rikdan o`tkazilgach, uni Toshkent shahridagi 23-son mahkumlarga mo`ljallangan ixtisoslashgan kasalxonaga yuborishga ehtiyoj yo`qligi ma`lum bo`lgan. 

Shuningdek koloniya tomonidan keltirilgan ma`lumotlarga ko`ra, uzoq muddatli uchrashuvlarning 2 kunga qisqarishiga, yuzaga kelgan uzoq navbatlarda homilador va yosh bolasi bor ayollar bo`lgani sabab bo`lgan.

    Boshqa yangiliklar