AsosiyDunyo

2022 yilda dunyoda bolalar o`limi tarixiy eng past darajagacha tushgan

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar o`limini baholash bo`yicha idoralararo guruhi (UN IGME) tomonidan e`lon qilingan so`nggi hisobotga ko`ra, besh yoshga to`lmasdan vafot etgan bolalar soni 2022 yilda tarixiy minimal darajaga tushib, 4,9 millionni tashkil qildi.  Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.

 “Ushbu raqamlar ortida onalarga xavfsiz tug`ish, bolalarni emlash va og`ir kasalliklardan asrashda yordam berayotgan doya va tibbiyot xodimlari, shuningdek ularning salomatligi va to`g`ri ovqatlanishini tashkil qilish uchun oilalarga tashrif buyurayotgan tibbiyot xodimlarining xizmati bor”, — deb ta`kidladi YuNICEF ijrochi direktori Ketrin Rassel.

 Hisobotda aytilishicha, bugungi kunda har qachongidan ham ko`proq bolalar omon qolmoqda va dunyo bo`yicha 5 yoshgacha bo`lgan bolalar o`limi darajasi 2000 yildagi ko`rsatkichlarga qaraganda 51 foizga kamaygan. Bir qancha past va o`rta daromadli mamlakatlarda ham bu ko`rsatkichning pasayishi kuzatilgan bo`lib, bu birlamchi tibbiy-sanitariya yordamiga, shu jumladan, bolalar salomatligi va farovonligi uchun mablag`lar ajratilsa, natijalar yaxshilanishi mumkinligini ko`rsatmoqda.

 Misol uchun, natijalar shuni ko`rsatadiki, 2000 yildan beri Kambodja, Malavi, Mo`g`uliston va Ruanda mamlakatlarida besh yoshgacha bo`lgan bolalar o`limini 75 foizdan ortiqqa qisqartirishga muvaffaq bo`lishgan.

 — Erishilgan natijaga qaramay, millionlab oilalar hali ham har yili, ko`pincha tug`ilgandan keyingi birinchi kunlarda fojiali bo`lgan farzand dog`iga duch kelishmoqda, — dedi JSST Bosh direktori Tedros Gebreyesus. — Bolalarning qaerda tug`ilishi ularning yashash yoki o`lishini belgilamasligi kerak. Har bir ayol va bolaning, jumladan, favqulodda vaziyatlarda va chekka hududlarda ham sifatli tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini yaxshilash muhim ahamiyat kasb etadi.

 “Tadqiqotlar shuni ko`rsatadiki, agar jamiyatda bolalarning omon qolish choralari ularga ko`proq muhtoj bo`lgan qatlamlarni qamrab olsa, xavf yuqori bo`lgan mamlakatlarda ham bolalar o`limi sezilarli darajada kamayishiga erishish mumkin.

Bunday chora-tadbirlarning bittasi ham millionlab bolalarning hayotini saqlab qolishi va tibbiy yordamni ular yashaydigan joyga yaqinlashtirishi mumkin. Bolalar salomatligi va omon qolishini yaxshilash bolalar kasalliklarini, ayniqsa, postneonatal o`limning asosiy sabablari, o`tkir respirator infeksiyalari, diareya va bezgakni kompleks davolashni talab etadi”, — deyiladi hisobotda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Ўзбекистоннинг суверен рейтинги “барқарор”дан “ижобий”га кўтарилди'ning rasmi

    Dunyo Bugun 14:08

    Ўзбекистоннинг суверен рейтинги “барқарор”дан “ижобий”га кўтарилди

    Agentlikning bugungi qarori o‘tgan yil qayd etilgan mazkur natijaning mantiqiy davomi sifatida baholanmoqda.

    'Доллар курси кўтарилди'ning rasmi

    Dunyo Bugun 11:13

    Доллар курси кўтарилди

    Марказий банк хорижий валюталарнинг ўзбек сўмига нисбатан 4 июнь куни амалда бўладиган қийматини белгилади.

    ''ning rasmi

    Dunyo Bugun 11:05

    'Kiyevda havo hujumi: aholi metro bekatlarida tunni o'tkazdi'ning rasmi

    Dunyo 02.06.2026 04:36

    Kiyevda havo hujumi: aholi metro bekatlarida tunni o'tkazdi

    Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, hujum oqibatida 4 kishi halok bo'lgan, yana 58 kishi turli darajada jarohat olgan.

    'Tramp: Isroil va “Hizbulloh” o‘zaro hujum qilmaslikka kelishib oldi'ning rasmi

    Dunyo 02.06.2026 04:05

    Tramp: Isroil va “Hizbulloh” o‘zaro hujum qilmaslikka kelishib oldi

    Tramp mazkur bayonotni Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyahu bilan telefon orqali muloqot qilganidan so‘ng o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida e’lon qildi.

    ''ning rasmi

    Dunyo 01.06.2026 11:33