Bola ta`minoti bo`yicha sudning hal qiluv qarori asosida ijro hujjatlari Byuro organlariga kelib tushar ekan, zudlik bilan ijro ishi qo`zg`atiladi va aliment pullarini undirish choralari ko`riladi.
Shunday holat bo`yicha, Byuroning Zangiota bo`limi ish yurituvida Fuqarolik ishlari bo`yicha Uchtepa tumanlararo sudining 11.12.2020 yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdor M.Bobajonovdan, undiruvchi U.Bobojonovafoydasiga ikki nafar farzani ta`minot uchun 1/3 qism miqdorida aliment undirib berilganligi haqida MIB matbuot xizmati darakchi.uz ga xabar berdi.
Bo`lim davlat ijrochisi tomonidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida qarzdorning 3 yillik qarzdorligi, jami 76.177.000 so`m qarz pullar undirilib,tegishli tartibda rasmiylashtirilib undiruvchiga topshirildi.






