1

Qirg`iziston rahbariyatiga suiqasd uyushtirmoqchi bo`lganlar qo`lga olindi

Dunyo 23.03.2024, 22:08
Qirg`iziston rahbariyatiga suiqasd uyushtirmoqchi bo`lganlar qo`lga olindi

Qo`shni Qirg`izistonda mamlakat rahbariyatiga suiqasd uyushtirmoqchi bo`lganlar qo`lga olindi. Bu haqda Vesti.kg mamlakat Milliy xavfsizlik davlat qo`mitasiga tayanib xabar berdi.

Huquq-tartibot idoralari xodimlarining ma`lum qilishicha, uyushgan jinoiy guruhlar faoliyatini aniqlash va ularga chek qo`yish bo`yicha o`tkazilgan tezkor tadbirlar davomida xalqaro jinoiy guruhga a`zo bo`lgan 5 nafar Ozarboyjon fuqarosi qo`lga olingan: Aliev V.M., Bagirov S.A., Asgarov M.O., Bexbudov M.S., Mammadov Z.I.

Qayd qilinishicha, Asgarov M.O. jinoiy dunyoda «daydi» atalmish maqomga ega. U jinoiy muhitni mustahkamlash va «o`g`rilar» mafkurasini targ`ib qilish, shuningdek, o`z mavqeini oshirish maqsadida Qirg`izistonga sheriklari bilan kelib, mamlakat rahbariyatiga suiqasd uyushtirishni rejalashtirgan.

«Ularning jinoiy rejalari davlatning uyushgan jinoiy guruhlarga qarshi faol kurash siyosati bilan bog`liq», deb aniqlik kiritdi Milliy xavfsizlik davlat qo`mitasi.

Xususan, ularning jinoiy rejalari mahbuslar, mahkumlar va ozodlikdagi shaxslar o`rtasida jinoiy mafkuradan ommaviy voz kechish, davlat siyosatini qo`llab-quvvatlash fonida yuzaga kelgani, bu holat bunday munosabat oqibatlaridan qo`rqqan xorijlik jinoiy etakchilarning noroziligiga sabab bo`lgani ta`kidlanmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1