1

Britaniya malikasida saraton aniqlandi

Dunyo 24.03.2024, 10:42
Britaniya malikasida saraton aniqlandi

Britannia malikasi Keyt Middlton qorin bo`shlig`idagi jarrohlik amaliyotidan so`ng saraton kasalligiga chalinganini ma`lum qildi. Hozirda u kimyoterapiya olmoqda.

"Operasiya muvaffaqiyatli o`tdi, ammo undan keyingi tahlillar menda saraton borligini ko`rsatdi. Shifokorlar  profilaktik kimyoterapiya kursini o`tashni maslahat berishdi, hozir esa davolanishning dastlabki bosqichidaman”, — degan Middlton xonim ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida chop etilgan videomurojaatida.

17 yanvar kuni Kensington saroyi 42 yoshli Uels malikasining kasalxonaga yotqizilishi rejalashtirilganini e`lon qildi. Qirollik oilasining so`zlariga ko`ra, Keyt Middlton kasalxonada taxminan ikki hafta yotib, uyiga qaytgan.

Operasiyadan so`ng malikaning barcha bo`lajak tadbirlardagi ishtiroki bekor qilindi. Mart oyida uning operasiyadan keyingi birinchi fotosurati tahrirlangani sababli janjal kelib chiqdi. Hozirda malikaning tibbiy ma`lumotlarini o`g`irlashga urinish bo`yicha ham tergov boshlangan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1