1

Ukrainani terakt bilan bog`lashga bo`lgan har qanday urinishlar mutlaqo mantiqqa zid

Dunyo 24.03.2024, 13:02
Ukrainani terakt bilan bog`lashga bo`lgan har qanday urinishlar mutlaqo mantiqqa zid

Ukraina prezidenti devoni rahbari maslahatchisi Mixail Podolyak Rossiyadagi “Crocus City Hall”dagi hujumga munosabat bildirdi.

U markaziy mintaqada bir guruh qurollangan shaxslar ko`p odamlar gavjum bo`lgan joyga “hech qanday tekshiruvlarsiz” kirib, odamlarni bir yarim soatdan ko`proq vaqt davomida otib tashlaganiga e`tibor qaratdi.

Bundan tashqari, Ukraina rahbari idorasi vakilining ta`kidlashicha, terrorchilarning to`liq guruhi "Crocus City Hall"ga kelgan mashinalarda xotirjamlik bilan binoni tark etishgan".

"Dastlabki ma`lumotlar va guvohlarning ko`rsatmalari hujumchilarning portretlarini taqdim etadi va ularning islomiy radikallar vakillari bilan aloqasini aniq ko`rsatadi", dedi u.

Podolyak e`tiborni "qidiruvdagi shaxslar chegarani aniq, namoyishkorona kesib o`tish uchun faol janglar ketayotgan va har bir metr Rossiya xavfsizlik kuchlari bilan to`ldirilgan yopiq nazorat-o`tkazish punktlari tomon harakatlanayotgani"ga e`tibor qaratdi.

“Xulosa ochiq-oydin: Ukrainani terakt bilan bog`lashga bo`lgan har qanday urinishlar mutlaqo mantiqqa zid. Ukrainaning bu voqeaga hech qanday aloqasi yo`q”, - dedi u.
 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1