1

O`zbekiston MTJ “Jar” stadionida navbatdagi mashg`ulotini o`tkazdi

Sport 24.03.2024, 17:13
O`zbekiston MTJ “Jar” stadionida navbatdagi mashg`ulotini o`tkazdi

JCh-2026 saralashi doirasida yaqinda Gong Kongga qarshi uchrashuv o`tkazib, g`alaba bilan qaytgan O`zbekiston milliy terma jamoasi bugun “Jar” stadionida mashg`ulot o`tkazdi. Navbatdagi raqib yana Gong Kong. Uchrashuv Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida 26 mart kuni 19:30 da boshlanishi belgilangan. 

To`liq tarkibda mashg`ulot o`tkazgan O`zbekiston terma jamoasiga faqatgina bosh murabbiy Srechko Katanes etishmadi. O`zbekiston futbol assosiasiyasi xabariga ko`ra Katanes kutilmaganda sog`lig`i bilan yuzaga kelgan muammolar tufayli o`z vatani Sloveniyaga jo`nab ketgan. Mashg`ulot jarayonini uning yordamchisi Alesh Chex boshqarib bordi.  

Mashg`ulot avvalida terma jamoa sardori Eldor Shomurodov ortda qolgan uchrashuv, terma jamoadagi muhit va bosh murabbiy Srechko Katanes yo`qligi jamoaga qanday ta`sir qilishi haqida gapirib o`tdi.


Milliy terma jamoadagi dastlabki golini kiritgan Rustam Ashurmatov esa bu uning ilk gol ekanligidan xabari yo`qligini, birnchi taymda gol urishda muammolar bo`lganligi haqida gapirdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1