1

Xorazmda o`quvchi qizlar bo`lgan Cobalt ag`darilib ketdi (video)

Dunyo 24.03.2024, 17:56
Xorazmda o`quvchi qizlar bo`lgan Cobalt ag`darilib ketdi (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda ichida o`quvchi qizlar bo`lgan avtomashina ishtirokida yo`l-transport hodisasi sodir bo`lgani aks etgan video tarqaldi.

Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmatining xabar berishicha, avtohalokat joriy yilning 22 mart kuni Bog`ot tumani hududidan o`tgan 4K 953 avtomobil yo`lning 3-kilometrida sodir bo`lgan.

Dastlabki surishtiruv jarayonida, haydovchisi Bog`ot tumani Nurafshon mahallasida yashovchi, 1997 yilda tug`ilgan N.X. (erkak) bo`lgan Cobalt yo`ldan chetga chiqib, ag`darilib ketgan. YTHning sodir bo`lishiga haydovchining boshqaruvni yo`qotgani sabab bo`lgan.

Avtomashina yo`lovchisi bo`lgan 2006 va 2007 yillarda tug`ilgan ikki nafar qizga birinchi tibbiy yordam ko`rsatilgan.

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1