1

Moskva teraktini sodir etganlar hibsga olindi

Dunyo 25.03.2024, 08:39
Moskva teraktini sodir etganlar hibsga olindi

Moskva Basmanniy sudi Crocus City Halldagi teraktda ishtirok etganlikda gumon qilingan yana ikki nafar gumonlanuvchi – Muhammadsobir Fayzov va Shamsidin Fariduniyni 22 mayga qadar hibsga oldi, deb yozadi BBC.

Bungacha Basmanniy sudi yana ikki gumonlanuvchi Dalerjon Mirzoev va Murodali Rachabalisodani hibsga olishga ruxsat bergan edi. Sud matbuot xizmati xabariga ko`ra, ular o`z aybiga iqror bo`lgan. Uchrashuvlar yopiq tarzda o`tkazilgan.

Rossiyaning “Interfaks” agentligi xabar berishicha, ayblanuvchida kaltaklanish alomatlari bo`lgan. Fayzov nogironlar aravachasida sudga olib borilgan.

Terakt sodir etganlarning to`rt nafari ham tojikistonlik bo`lib, ular Rossiya Jinoyat kodeksining 205-moddasi (3-qism “b” bandi) bo`yicha terror xuruji sodir etishda ayblanmoqda, buning uchun umrbod qamoq jazosi nazarda tutilgan.

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1