AsosiyDunyo

Oyda temiryo`l qurilishi rejalashtirilmoqda

'Oyda temiryo`l qurilishi rejalashtirilmoqda'ning rasmi

Oyda turli xil oy bazalarini bog`laydigan temir yo`l qurish rejalashtirilmoqda. Bu haqida Zamon.uz xabar bermoqda.

The Independent nashrining yozishicha, temiryo`l tarmog`i AQSh davlat idorasi rivojlanish konsepsiyasini ma`qullaganidan so`ng keyingi o`n yil ichida amalga oshirilishi mumkin.

Nashrning yozishicha, Xitoyda ham, AQShda ham o`n yillik oxirigacha Oy bazalarini yaratish dasturlari mavjud.

Taxminlarga ko`ra, Oy temir yo`llari tarmog`i odamlarni, Oyda yaratiladigan tijorat korxonalari uchun turli xil materiallar va resurslarni tashish imkoniyatiga ega bo`ladi.

"Bu Qo`shma Shtatlar va xalqaro hamkorlar uchun kosmik iqtisodiyotni rivojlantiradi", dedi Northrop Grumman bayonotida.

    Boshqa yangiliklar