1

U Krokusdagi terakt ishida sakkizinchi ayblanuvchiga aylandi

Dunyo 26.03.2024, 15:48
U Krokusdagi terakt ishida sakkizinchi ayblanuvchiga aylandi

Alisher Qosimov hibsga olinib, 22-mayga qadar tergov izolyatoriga jo`natildi. Xabarda u Krokusdagi terakt ishida sakkizinchi ayblanuvchiga aylanligi haqida aytiladi.

Qosimov Rossiya fuqarosi bo`lib, asli qirg`izistonlik. O`zining yakka tartibdagi kafesi bor. 

Kecha Alisher Qosimovga tegishli kafe zudlik bilan yopilgan. 

U Shamsidin Fariduniga Bolshoe Putilkovo majmuasidagi uch rubllik kvartirani ijaraga berganligi uchun hibsga olindi. 

Qosimovning aytishicha, u sodir bo`lgan terakt haqida hech qanday ma`lumotga ega bo`lmagan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1