1

Istanbul aeroportida asosan 20-35 yoshdagi xorijliklarga nisbatan nazorat tadbirlari kuchaytirilgan

Dunyo 27.03.2024, 13:31
Istanbul aeroportida asosan 20-35 yoshdagi xorijliklarga nisbatan nazorat tadbirlari kuchaytirilgan

Bugungi kunda Turkiyaga kirish va chiqish chegara punktlarida ichki ishlari organlari xodimlari tomonidan mamlakatga kelayotgan xorijliklarga nisbatan qat`iy tekshiruvlar amalga oshirilmoqda, deya xabar bermoqda O`zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi.

Ma`lum qilinishicha, Istanbul xalqaro aeroportida asosan 20-35 yoshdagi xorijliklarga nisbatan nazorat tadbirlari kuchaytirilganligi kuzatilmoqda.  

 O`zining xatti-harakatlari bilan shubha uyg`otgan shaxslar bilan migrasiya xizmati xodimlari tomonidan suhbat o`tkazilib, shaxsiy uyali telefonlari tekshirilishi holatlari ham uchramoqda.  

Terrorizm, odam savdosi va boshqa jinoyatlarga aloqadorlikda gumonlanganlar, taqiqlangan tovarlarni olib o`tishga uringan shaxslar “Turkiyaga kirishi istalmagan yo`lovchi” sifatida baholanib, Turkiya hududiga kiritilmasdan mamlakatiga qaytarib yuborilmokda.  

Jumladan, joriy yilning yanvar-fevral oylari davomida Turkiyaga kiritilmagan 163 nafar O`zbekiston fuqarolaridan 54 ta nafari muqaddam Turkiyaga kelib, qonunbuzarlik sodir etib kirishiga taqiq qo`yilganlarni tashkil etgan.  

"Shu bilan birga, ayrim vatandoshlarimizdan Istanbul aeroportida polisiya xodimlarining qo`pol muomalasi haqida shikoyatlar kelib tushgan.  

Bu borada fuqarolarimizning barcha shikoyat va e`tirozlari diplomatik kanallar orqali turk tomoniga etkazildi va xozirgi kunda mutasaddi tashkilotlar bilan muzokaralar olib borilmoqda.

O`z o`rnida, fuqarolarimizdan mahalliy qonunlarni hurmat qilib ularga to`liq rioya etishlarini so`rab, oldin qonunbuzarlik sodir etib deport qilingan fuqarolardan esa Turkiyaga kirish taqiqi bor yoki yo`qligini Toshkent va Samarqand shaharlaridagi Turkiya diplomatik vakolatxonalaridan o`rgangan holda kelishlari tavsiya qilinadi", deyiladi Konsullik xabarida.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1