1

Rossiyaning ayrim viloyatlariida migrantlar ishlashiga cheklov kiritildi

Dunyo 27.03.2024, 14:55
Rossiyaning ayrim viloyatlariida migrantlar ishlashiga cheklov kiritildi

Novgorod viloyati hokimiyati patentga ega xorijliklarga taksi va avtobus haydovchisi sifatida ishlash, spirtli ichimliklar sotishni taqiqladi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Tegishli farmonni Novgorod viloyati gubernatori Andrey Nikitin imzoladi. Hujjatga ko`ra, xorijiy fuqarolarga alkogolli ichimliklar va tamaki mahsulotlarining chakana savdosi bilan shug`ullanish, avtobus va taksi haydovchisi sifatida ishlash taqiqlanadi.

Ish beruvchilar ushbu toifadagi xodimlarni 26 iyungacha ishdan bo`shatishlari kerak. Shu bilan birga, taqiq Rossiyada yashash uchun ruxsatnomaga ega yoki hududda vaqtinchalik ro`yxatdan o`tgan ishchilarga, shuningdek, Evrosiyo iqtisodiy ittifoqiga a`zo mamlakatlar fuqarolariga ta`sir qilmaydi.

Hujjat viloyatda mehnat bozorini tartibga solish, migrasiya holatini barqarorlashtirish, ekstremistik va terroristik jinoyatlarning oldini olish maqsadida Ichki ishlar vazirligining tavsiyalarini inobatga olgan holda qabul qilindi, — deyiladi xabarda.

Ilgari migrantlar sanoatning ayrim tarmoqlarida ishlashini taqiqlash Chelyabinsk, Magadan, Kaliningrad, Tula, Novosibirsk, Tyumen va Kaluga viloyatlarida, shuningdek, Xanti-Mansi avtonom okrugi – Ugra va Yakutiyada joriy qilingan edi.

2023 yil oktyabr oyida “Adolatli Rossiya” partiyasi Davlat dumasiga xorijliklarning to`rt sohada: ta`lim, tibbiyot, farmasevtika va taksida ishlashini taqiqlovchi qonun loyihasini taqdim etgan edi.

Deputatlar buni Rossiyaga xorijdan mehnat muhojirlari oqimi o`sishda davom etayotgani, ularning maoshi esa rossiyaliklar maoshiga tenglashgani bilan izohlagan. Shu sababli, deputatlar fikricha, muhojirlarni jalb qilish Rossiya iqtisodiyoti uchun foydali bo`lmay qolgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1