1

Tojikistonda Moskvadagi teraktga aloqador 9 kishi hibsga olindi

Dunyo 29.03.2024, 17:34
Tojikistonda Moskvadagi teraktga aloqador 9 kishi hibsga olindi

Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qo`mitasi joriy haftada “Krokus Siti Holl”da terakt sodir etishda gumon qilinganlar hamda IShIDning Xuroson guruhiga aloqador deb hisoblagan to`qqiz kishini hibsga oldi. Bu haqda Tojikiston xavfsizlik xizmatidagi manbasiga tayanib, “Reuters” agentligi xabar berdi.

“To`qqiz kishining barchasi dushanba kuni Vaxdat shahrida qo`lga olinib, poytaxt Dushanbega olib kelingan”, deyiladi manbada.

Ma`lumotlarga ko`ra, 26 mart kuni rossiyalik tergovchilar "Krokus Siti Holl"dagi hujumda gumon qilingan to`rt kishining oila a`zolarini so`roq qilish uchun Tojikistonga etib kelgan. Tojikiston xavfsizlik kuchlari oilalarni Vaxdat va Hisor shaharlari hamda Rudakiy viloyatidan poytaxt Dushanbega olib kelgan.

Manbalarga ko`ra, “Krokus”dagi terakt bo`yicha Tojikistondagi tergov harakatlarining borishi davlat rahbari Imomali Rahmonning “shaxsiy nazorati” ostida.

Eslatib o`tamiz, 24 mart kuni Moskvaning Basmanniy sudi "Krokus" ishi bo`yicha qo`lga olingan Dalerjon Mirzoev, Saidakrami Rachabalizoda, Shamsiddin Faridun va Muhammadsobir Fayzovni (Tojikiston fuqarolari) 22 maygacha hibsga qoldirishga qaror qilingandi. Keyinchalik yana uch kishi – Aminchon, Dilovar va Isroil Islomov (ota va bola)lar qurolli hujum uyushtirishda foydalanilgan Renault avtomobilini sotishda gumonlanib hibsga olindi. Shuningdek, terakt ishtirokchilariga kvartirani ijaraga berganlikda ayblanayotgan Qirg`izistonda tug`ilgan Rossiya fuqarosi Alisher Qosimov ham hibsga olindi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1